“Brayton” Kaysedoning o'rniga Fransiyadan futbolchi olib keldi

Alisher
30 avg 2023, 09:19
“Brayton” navbatdagi transferni yakunladi.

Inglizlar Lill yarim himoyachisi Karlos Balebani 27 million evroga sotib oldi. Tomonlar besh yillik kelishuvga erishdilar. Karlos “Brayton”ga 127 million evroga sotib yuborilgan Moyses Kaysedoning o'rniga olib kelindi.

Baleba o'tgan mavsum Liga 1 da debyut qilgandi. U jamoasi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com