Braim Dias "Real"ning fevral oyidagi eng yaxsh o'yinchisi deb topildi!

Administrator
1 mar 2024
Futbolchi muxlislar tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada barchani ortda qoldirdi.

Braim Dias "Real Madrid" klubining fevral oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Muxlislar tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada Dias barcha raqobatchilarini ortda qoldirib, bu nomga ega chiqdi.

Yarim himoyachi fevral oyida jami oltita o'yinda maydonga tushdi va "Atletiko" hamda"Leycpig" darvozasiga bittadan gol kiritdi.


AdministratorMuallif
Manba: realmadrid.com