Botman "Nyukasl"ni rad etdi, sababi "Milan" bilan og'zaki kelishuvga erishgan. "Lill" o'yinchi uchun 40 mln evro atrofida so'ramoqda

Alisher
3 mar 2022
Sven Botman faoliyatini "Milan"da davom ettirishni xohlamoqda.

"Lill" himoyachisi "Nyukasl" vakillariga faoliyatini "Milan"da davom ettirishni xohlashini aytdi va Angliya klubining taklifini rad etdi.

O'yinchining atrofidagi insonlar "Milan" vakillari bilan fevral oyida uchrashishdi. O'shanda tomonlar yozdagi transfer borasida og'zaki kelishuvga erishishgandi. "Milan" endi "Lill" bilan kelishishi kerak, o'yinchi uchun francuzlar 40 mln evro atrofida so'ramoqda.

Botman "Lill"ga bosim o'tkazmoqda va "Milan"ga o'tishi amalga oshishini istamoqda.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net