Joylarda uyushtirilayotgan turli musobaqa va turnirlar yosh “charm to'p” ustalari uchun mahorat va tajriba maktabi vazifasini o'tayotir.
2000-2001 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida uyushtirilgan “Bolalar ligasi”sining joriy yilgi Xorazm viloyati birinchiligi poyoniga etdi. Qiziqarli va qizg'in kechgan ushbu musobaqada vohaning 11 ta jamoasi ishtirok qildi.
Birinchilik o'yinlarining oxirgi turi Yangiariq tumanida o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra, 10 ta uchrashuvning to'qqiztasida g'alaba nashidasini surgan va bitta uchrashuvni durang natija bilan tugatgan Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabining “BO'SM-2” jamoasi(murabbiyi Anvar Alimov) “Bolalar ligasi”ning joriy yilgi g'olibligini qo'lga kiritdi. Birinchi o'ringa asosiy davogarlardan sanalgan Urganch olimpiya zahiralari kollejining “UOZK” jamoasi peshqadamdan bor-yo'g'i ikki ochko ortda qoldi va ikkinchi o'rinni egalladi. Urganch shahrining boshqa bir jamoasi - “Turon” esa shohsupaning uchinchi pog'onasini band etdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.