Borussiya posboni Byurki Bavariya bilan o'yinda qo'lini sindirib oldi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2016
Dortmundning Borussiya klubi darvozaboni Roman Byurki Bavariyaga qarshi bahsda (1:0) qo'lidan jarohat oldi.

Futbolchi qo'l suyaklaridan birini sindirib oldi. U operaciyani boshdan kechiradi. Shundan so'ng safga qaytishi uchun taxminan 8 hafta talab etiladi.

Bavariya bilan o'yinda Byurki qo'li singan bo'lsa ham 90 daqiqa o'ynadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bvb.de