“Borussiya D” “Ayntraxt” vingerini o'z safiga qo'shib oldi

Aziz Tukhtamuradov
28 may 2018, 23:19
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi qanot yarim himoyachisi Marius Volf faoliyatini “Borussiya” jamoasida davom ettiradi.

Dortmundliklar yarim himoyaning istalgan nuqtasida o'ynay oladigan bu universal futbolchi bilan 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. “Borussiya” 23 yoshli futbolchining transferi uchun 5 million evro to'laydi. 

Ma'lumot uchun, Marius Volf Germaniya Bundesligasining so'nggi mavsumida 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol kiritishga hamda 9ta golga assistenlik qilishga muvaffaq bo'ldi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: