“Borussiya D” 22 yoshli himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

Eldor Akmurzayev
3 may 2022
“Frayburg” a'zosi Keven Shlotterbek “Borussiya D” a'zosiga aylandi.

22 yoshli nemis bilan kelishuv 2027 yil yoziga qadar tuzilgan. Shartnoma 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab o'z kuchiga kiradi.

Shlotterbek joriy mavsum “Frayburg” safida 35 bahsga qatnashib, 4+2 natija ko'rsatdi. U 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida “Union Berlin”da o'tkazgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bvb.de