Bordi, ko'rdi, zabt etdi... Ravshan Eliboev Qozog'iston chempionatida turning eng yaxshi futzalchisi bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 15:10
Yaqindagina "Lokomotiv"dan Qozog'istonning "Kaspiy" jamoasiga o'tgan darvozabon Ravshan Eliboev mamlakat chempionatining 15-turining eng yaxshi futzalchisi bo'ldi.

O'zbekistonlik posbon tur doirasidagi ikki o'yinda chempionat yetakchisi, dunyoning eng yaxshi darvozaboni Igita harakat qiladigan "Qayrat"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobidagi durang hamda 3:5 hisobidagi mag'lubiyat qayd etdi.

"Kaspiy" posboniga ushbu o'yinlarda 33 bora aniq zarba berilgan va u bularning 29tasini qaytardi.

Dastlabki o'yinda Eliboev 18 seyv qayd etdi va atigi bir marta gol qo'yib yubordi. Ikkinchi o'yinda u garchi bir bo'lim o'ynagan bo'lsa-da, 14 zarbaning 11tasini qaytardi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia