"Lokomotiv" endi futzalchisini legionerga aylantirdi

Mirjalol Normatov
7 fev 2022
"Lokomotiv" matbuot xizmati futzal jamoa posboni Ravshan Eliboev Qozog'istonning "Kaspiy" futzal klubiga o'tganini ma'lum qildi.

Eliboev ushbu mavsum startida "temiryo'lchilar" tarkibiga kelib qo'shilgandi. U jamoasi tarkibida mavsumda 3 gol urishga erishdi.

Qayd etish kerak, "Kaspiy" jamoasi mamlakat chempionatida 3-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати