Bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda Drakslerning transferi Gyotcenikidan qimmatroq bo'ldi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2015
"Shalke-04" sobiq yarim himoyachisi Yulian Draksler Bundesliga tarixida bir nemis klubidan ikkinchisiga o'tgan eng qimmat transferga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Volfsburg" safini to'ldirgan Draksler bonuslar bilan "bo'rilar"ga 42 mln. evroga tushishi kerak edi. Agar shunday bo'lsa, Drakslerning transferi "Bavariya"ga o'tgan Mario Gyotcenikidan qimmatroq hisoblanadi. Gyotce 2013 yilda Dortmundning "Borussiya"sidan "Bavariya"ga 37 mln. evro evaziga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com