Bonuchchi "Yuventus"ning yangi mavsum oldidan amalga oshirgan transferlarini baholadi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022, 16:58
"Yuventus" sardori Leonardo Bonuchchi klubning yozda amalga oshirgan transferlarini baholadi.

"Tarkibimizni Anxel di Mariya va Pol Pogba kabi futbolchilar bilan kuchaytirib oldik. Ular tug'ma chempionlar, "Yuventus" qanday klub ekanligini yaxshi biladi.

Bremer ham jamoamizga katta foyda olib kiradi. Federiko Gattining kelajagi buyuk", - dedi Bonuchchi.

Eslatib o'tamiz, Pogba va di Mariya erkin agent sifatida "Yuve"ga o'tgan bo'lsa, Bremerning transferi uchun klub 41 million evro to'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal