Bonuchchi tez orada "Union" futbolchisiga aylanadi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023, 17:35
Berlinning "Union" klubi Turinning "Yuventus" jamoasi markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchining transfer qilishiga bir qadam qoldi.

"Sky Sport Italia" nashrining xabar berishicha, Germaniya jamoasi 36 yoshli faxriyni taklif qilishga juda yaqin turibdi.

Eslatib o'tamiz, Bonuchchi avvalroq "Union"ga o'tish ehtimoli kamligini aytgandi. Ko'rinishidan, Leonardo "Yuventus" rahbariyati bosimi ostida berlinliklarning bir yilga mo'ljallangan shartnoma taklifini qabul qilishga qaror qilgan.

Bonuchchiga Italiya A Seriyasida "Roma" va "Lacio" kabi klublar ham qiziqish bildirdi. 

Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi faoliyati davomida to'rt marta skudetto yutgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia