Bonuchchi "Bavariya"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
16 fev 2016, 19:10
"Napoli"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olgan "Yuventus" futbolchisi Leonardo Bonuchchi "Bavariya" bilan bo'ladigan o'yingacha tayyor bo'ladi.

Turinliklar murabbiylari shtabi futbolchining sog'lig'i borasida tavakkal qilmoqchi emaslar va u A Seriya doirasida "Bolonya"ga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushmaydi.

28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Italiya chempionatida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 1 golli uzatma muallifiga aylandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football-italia.net