

Bunday yoz faslini umrimda hali ko'rmaganman. Biz shunchaki orzu qilish mumkin bo'lgan futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Leo – Italiya termasi futbolchisi, tug'ma g'olib. Bonuchchining jamoamizga kelib qo'shilishi – shunchaki fantastika. Bu amalga oshishiga ishonmagandim. U nafaqat maydonda balki kiyinish xonasida ham katta foyda keltirishi aniq. Bonuchchi sardor sifatida? Bu savolni jamoa murabbiyiga berganingiz maqulroq. Ammo har bir futbolchi qisman yetakchi bo'lishi shart, - Bonaventuru so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.



