

"Bolton" futbolchilari maoshdagi qarzdorliklar yopilmaguniga qadar maydonga tushmaslikni ma'lum qilganidan so'ng Angliya futbol ligasi o'yin boshlanishiga 16 soat qolganida bahsni bekor qildi.
O'yin taqdirini intizom qo'mitasi hal qiladi. Mezbon jamoa jazolanishi mumkin.
Oldinroq, "Bolton" Angliyaning uchinchi darajali ligasiga tushib ketgani ma'lum bo'lgan edi.



