"Bolonya" hujumchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023
Italiya klubi forvardi Musa Barrou "Al Taavon"da o'ynaydi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Bolonya" hujumchisi Musa Barrou faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al Taavon" jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.

24 yoshli gambiyalikning transfer summasi 8 million evroni tashkil qiladi. Barrou va "Al Taavon" o'rtasidagi shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan.

Musa Barrou joriy mavsum "Bolonya" safida o'ynamadi. U o'tgan mavsumda 25 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports