

“Bolivar” 38 yoshli angliyalik o'yinchiga bitta o'yinga mo'ljallangan shartnoma taklif etayapti.
Bu haqda boliviyaliklar klubining marketing bo'yicha direktori Salomon Chalan xabar bergan.
“Haqiqatdan ham Bekxemning “Bolivar” tarkibida bitta o'yin o'tkazishini istayapmiz. Bekxem va klub xo'jayini o'rtasida muzokara olib borilayapti. Bu Libertadores Kubogi bo'ladimi, yoki oddiy o'rtoqlik uchrashuvimi hali noma'lum. Qolgan masalalarni esa muzokaralar davomida kelishib boramiz”, - Salomon Chalanning so'zlarini keltiradi Sky Sports.



