Bolalar futboli. Jizzaxda "Yoz - o'tmoqda soz" musobaqasi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2018
Yurtimizdagi bolajonlar yozgi tatilni maroqli va mazmunli o'tkazishlarini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol Associaciyasi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda har bir viloyatda futbol festivallarini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

“Yoz o'tmoqda soz” shiori ostidagi mini futbol musobaqalari bu safar Jizzax viloyatida joylashgan "Zomin Sunrise" oromgohida 10-12 yoshli bolalar o'rtasida bo'lib o'tdi.

"Zomin Sunrise" oromgohida bo'lib o'tgan musobaqada “Sh.Rashidov”, “Zomin Sunrise”, “Amir Temur” oromgohlaridan jami 6ta jamoalar ishtirok etishdi. Shundan 1-2-o'rini “Zomin Sunrise” 3-4 o'rini “Sh.Rashidov” va “Amir Temur” oromgohlari egalashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com