Bobur Davlatov Rossiya klubi safida Turkiyada yig'inda qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2017
O'zbekistonlik yarim himoyachi Bobur Davlatov faoliyatini Rossiya birinchi divizionida davom ettirishi mumkin.

Nijnekamskning "Nefteximik" klubi 10 yanvar kuni Turkiyada yig'in boshladi. Ushbu yig'inda Bobur Davlatov ham ishtirok etmoqda.

O'tgan mavsum Davlatov Qozog'istoning "Aktobe" klubida o'ynagandi. O'shanda jamoa murabbiyi bo'lgan Yuriy Utkulbaev ayni paytda "Nefteximik" klubi ustozi bo'lib ishlamoqda.

"Nefteximik" Rossiya birinchi divizionida 24ta turdan so'ng 16 ochko bilan 20ta jamoa orasida so'nggi pog'onada bormoqda. Bobur Davlatov dekabr oyida "Olmaliq" klubi yig'inida ishtirok etgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia