⚡️ Bobir Abdixoliqov – 2022 yil eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligida. U Son va Al Mabhutdan yuqorida qayd etildi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2023
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilga doir ma'lumotlarni ulashishda davom etmoqda.

Portal hisob-kitobiga ko'ra, o'tgan yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligi e'lon qilindi. Unda peshqadam sifatida “Portu” hamda Eron TJ a'zosi Mehdi Taremi qayd etildi. Taremi hisobida 39 ta gol bor. Shuningdek, “Albireks Niigata” (Singapur)ning yaponiyalik legioneri Kodai Tanaka ham 2022 yilda 39 ta to'p kiritgan.

Jadvalni tuzishda o'yinchilarning 2022 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo'lgan natijasi hisobga olindi: milliy chempionat (NL), kubok (NC), klub miqyosidagi xalqaro musobaqalar (ICC) va milliy terma jamoadagi (NT) gollar.

“Energetik-BGU”da yorqin mavsum o'tkazgan Bobir Abdixoliqov 27 ta gol bilan reytingda 6-o'rindan joy olgan. Avvalroq, Bobir “Transfermarkt” ma'lumotiga ko'ra, 2022 yil yuqori milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan futbolchilar o'nligiga hamda IFFHS talqini bo'yicha o'tgan yilgi to'purarlar top-50 ro'yxatidan o'rin olgandi.

2022 yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligi esa quyidagicha:

IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi

Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS