Bobbi Charlton: Runi mening rekordimni yangilasa xursand bo'laman

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014
Manchester Yunayted va Angliya terma jamoasi hujumchisi Bobbi Charlton Ueyn Runi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
U mening terma jamoada gol urish borasidagi rekordimni yangilashni maqsad qilgan, rekordim ancha vaqtdan beri amal qilmoqda.

Uni qo'llab-quvvatlayman. Mening rekordimni yangilasa bundan xursand bo'laman. Bu katta yutuq bo'ladi.

Runi - yaxshi yigit. Rekordimni yangilashiga shubham yo'q, - deydi Charlton.

Eslatib o'tamiz, Bobbi Charlton Angliya terma jamoasi safida 49ta gol urgan. Runi hisobida hozircha 41ta gol mavjud.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru