Boateng faoliyatini APLda davom ettiradi

Bu haqida "Sky in Germany" nashri ma'lum qildi.

"Bavariya" markaziy himoyachisi Jerom Boateng Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "To'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning mudofaa chizig'ini 31 yoshli germaniyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. "Bavariya" rabariyati Boateng uchun 15 million evro talab qilyapti. Ma'lumot uchun, himoyachi Bundesliganing o'tgan mavsumida 24 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Sky in Germany