Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2015
FIFA prezidenti Yozef Blatter va UEFA rahbari Mishel Platini har qanday futbol faoliyatidan chetlatildi.

FIFA ahloq qo'mitasining qaroriga ko'ra, Blatter boshqalarga sovg'a taqdim etish va sadoqat bandi bo'yicha tashkilot ahloq qoidalarini buzgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Platini hisobiga o'tkazilgan pullar uchun FIFA ahloq qo'mitasi Blatter va Platinini 90 kunga futboldan chetlatgan edi.

Blatter va Platini so'roq vaqtida 2 mln. Shveytsariya franki miqdoridagi to'lovga kelishganini tan oldi. Platini 1999-2002 yillardagi ishi uchun 2011 yilda ish haqini olgan.

Shveytsariya qonunchiligiga ko'ra, ishchi kelishuvga ko'ra o'z vazifasini bajarganidan so'ng 5 yil davomida maoshini olishi lozim.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN