Blatter: "Keyinchalik JCHni har ikki yilda o'tkazish g'alati g'oya ekanligini tushunib etganman"

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2021
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter futboldagi so'nggi islohotlar haqida gapirdi.

"Jahon kubogini 16 ta jamoa bilan boshlaganmiz. Keyin 24 ta bo'ldi, undan so'ng esa 32 ta. 32 ta jamoa - ideal son. 

Hozir esa 48taga etkazildi. Bu menimcha uncha yaxshi emas. Asosiysi sifat, 48 ta jamoa bilan esa buni saqlab qolish qiyin, bu fakt. 

FIFAning yangi prezidentlari futbol qanday ko'rinishda bo'lishi haqida boshqacha tasavvurga egalar. Yillar davomida yaratilgan narsani ehtiyotkorlik bilan saqlab qolish lozim. 

JCH-2026 uchta mamlakatda o'tkaziladi: AQSH, Kanada va Meksikada. Fikrimcha, bu noto'g'ri. Ammo, barchasi hal qilib qo'yilgan. Sobiq prezidentlarda afsuski o'zgartirishga vakolat yo'q. Ammo sifatni saqlab qolish lozim", - dedi Blatter. 


Shveytsariyalik sobiq amaldor avval JCH har ikki yilda o'tkazilishiga rozi edi, ammo hozir...

"Ha, ammo keyinchalik bu g'alati g'oya ekanligini tushunganman. Xalqaro taqvimda buni amalga oshirishning imkoni yo'q", - dedi Blatter. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Рен ТВ