"Biz oxirigacha kurashamiz". Edegor – "Arsenal"ning chempionlik imkoniyatlari haqida

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
"Arsenal" yarim himoyachisi va sardori Martin Edegor jamoaning chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

"Biz oxirigacha kurashamiz. Ketma-ket uch yil chempionlik uchun kurashdik. Bir-ikki yil orqaga nazar tashlasangiz, ko'p ochkolar bilan yetakchilar qatorida borib, 2-o'rinni egallagandik. Bu hamma narsa sodir bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi", – dedi Edegor.

"Arsenal" 28 o'yindan keyin 55 ochko to'plagan va Angliya chempionati jadvalida 2-pog'onada bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com