"Biz Leroy Sane bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha albatta muzokaralar olib boramiz" - Kristof Froynd

Sherzod Nurmatov
10 okt 2023
Unga yangi shartnoma taklif qilinadi.

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd myunxenliklar o'z jamoasida olib qolmoqchi bo'lgan futbolchi nomini aytdi.

"Yaqin bir necha hafta ichida biz Leroy Sane bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha albatta muzokaralar olib boramiz. U aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi o'yinchi va biz uchun asosiy o'yinchi, shuning uchun u Myunxenda uzoq vaqt qolsa ajoyib bo'lardi", – dedi Froynd.

Avaalroq Ispaniyaning top-klublari Sanega davogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goalzz