

Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi va yagona golga Mbappe mualliflik qildi.
"Biz Paragvayga ko'rsatib qo'ydik: agar ular iflos o'ynashni istashsa, biz ham iflos o'ynay olamiz... Agar ular bizni haqorat qilishsa, biz ham xuddi shunday javob beramiz. Agar qo'limizni loy qilishga to'g'ri kelsa, buni qilamiz. Ular bizni maydonga smokingda chiqadi deb o'ylashgan shekilli, vaholanki, biz ham iflos o'ynashni bilamiz", - deya Mbappening so'zlarini iqtibos keltirdi jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ta'kidlab o'tish joizki, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida paragvayliklar Mbappeni muvozanatdan chiqarish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi: uni turtishdi va haqorat qilishdi. Final xushtagi chalinganidan keyin ham Janubiy Amerika vakillari mushtalashuv keltirib chiqarishga urinishdi, biroq bu ish bermadi. Mbappe barcha provokaciyalarga faqat kulib javob qaytardi.



