Birxoff Germaniyaning JCHdagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng bosh menejerlikdan ketdi

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022
Germaniya futbol federatsiyasi Oliver Birxoffning Germaniya terma jamoasi bosh menejeri lavozimini tark etganini e'lon qildi.

Germaniya terma jamoasi Qatardagi Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagani uchun tomonlar o'zaro shartnomani bekor qilishdi. 

Germaniya musobaqa guruh bosqichi yakuniga ko'ra "E" guruhida 3-o'rinni egalladi.

Birxoff Germaniya futbol federatsiyasida 2004 yildan beri, hozirgi lavozimda esa 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi. Germaniya ketma-ket ikkinchi Jahon chempionatida guruh bosqichidan o'ta olmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail