“QO'QON-1912” TOSHKENTDA YANA OCHKO YO'QOTDI!
Uychining “Xotira-79” jamoasi bu turda muxlislarini uyaltirib qo'ydi. Usmon Asqaraliev boshchiligidagi jamoa “Lokomotiv-BFK”ni qabul qilib, kutilmaganda durangga imzo chekdi va qimmatli ikki ochko boy berdi.
Namanganlik muxlislar 10-turda ham kichik derbiga guvoh bo'ldi. Unda “Kosonsoy” o'z maydonida yon qo'shnisi “Chust-Paxtakor”ni qabul qilib yirik hisobda g'alaba qozondi.
Liga debyutanti “Obod”ni qabul qilgan “Istiqlol” esa kutilmaganda raqibiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shuningdek 10-turda farm klublar to'qnashuvi bo'lib o'tdi. “Paxtakor-2” – “Bunyodkor-2” bahsida hisob ochilmadi va tomonlar o'zaro durangga imzo chekdi.
Turning markaziy uchrashuvi 18 may kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. Unda turnir peshqadami “Qo'qon-1912” ushbu turda ham ochko yo'qotdi. “NBU-Osiyo” mehmoni bo'lgan qo'qonliklar 1:1 hisbida durangga imzo chekib, muxlislarini ranjitib qo'ydi. Ushbu oxirgi ikki uchrashuvdagi 4 ochko yo'qotilgani, “Qo'qon-1912”ning turnir jadvalida egallab turgan o'rniga ta’sir qildi. Jamoa ayni paytda 3-o'rinda bormoqda.
“Oq-tepa” esa yana g'alaba qozondi va shundan so'ng turnir peshqadamligini o'z qo'liga oldi. Aleksandr Mochinov jamoasi bu safar Andijonning “UzDongJu” jamoasiga qarshi kurash olib bordi va 2:1 hisobida zafar quchdi.
GOLLAR
* Ortda qolgan 10-turda hammasi bo'lib, 21ta gol qayd etildi.
* Bu har bir bahsga o'rtacha miqdorda 3,5tadan gol demakdir!
* Shundan 11tasini mezbon jamoalar kiritgan.
* Qolgan 10ta gol esa mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar 7ta gol ko'rishdi.
* Ikkinchi taymda esa sermahsullik ikki barobariga oshdi va unda 14ta gol urildi!
* Turning eng tezkor goli – 5-daqiqada Zafar Qoraqulov tomonidan kiritildi. “Oq-tepa” futbolchisi “UzDongJu”ga qarshi bahsda birinchi bo'lib hisobni ochdi.
* Ushb turda eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol muallifi Isroil Tursunov bo'ldi. “Istiqlol” hujumchisi 90+1-daqiqada aniq harakati bilan “Obod” posbonini ranjita oldi.
* Bo'lib o'tgan uchrashuvlar davomida hakamlar jami 3ta penalti belgilashga qaror qildi. Undan Oyatullo Muhitdinov (“Chust-Paxtakor”) va Rasul Shuhratov unumli foydalangan bo'lsa, “NBU-Osiyo” hujumchisi Andrey Sidorov esa bu borada nuqtadan adashdi.
* 10-turda bitta va undan ortiq gol urgan futbolchi birgina Abdurazzoq Jo'raev bo'ldi. “Kosonsoy” hujumchisi “Chust-Paxtakr”ga qarshi uchta to'p kiritib, jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shdi.
* Ushbu turda eng to'p kiritgan jamoa “Kosonsoy” bo'ldi. Mehmon Solixo'jaev shogirdlari “Chust-Paxtakor” darvozasiga 5ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
* “Paxtakor-2” va “Bunyodkor-2” esa ushbu turda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan jamoalar bo'lishdi.
OGOHLANTIRISH
* 10-turda o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar jami 32 nafar futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi.
* Bu har bir o'yinga o'rtacha 5,33tadan sariq kartochka demakdir.
* Mezbon jamoalarning 14ta o'yinchisi sariq kartochka bilan “siylandi”.
* Mehmonlardan esa 18 futbolchi ogohlantirilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 16ta sariq kartochka qayd etildi.
* Ikkinchi taymda ham shuncha sariq kartochka kuzatildi.
* “Xotira-79” – “Lokomotiv-BFK” bahsi keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Bosh hakam Ravshan Kapadze shu kuni 9ta futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Turning eng intizomsiz jamoasi ham “Lokomotiv-BFK” bo'ldi. Bu jamoa futbolchilarining 5tasi mazkur turda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
* “Kosonsoy” – “Chust-Paxtakor” bahsida esa har ikkala jamoaning bittadan futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi. Bu o'yin boshqalarga nisbatan eng tartibli bahs bo'ldi.
* Shuni qo'shimcha qilish kerakki, ushbu turda qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan futbolchi uchramadi.
MUXLISLAR
* 10-turning jami oltita bahsiga 5995ta muxlis kirgan!
* Har bir uchrashuvga 999tadan ishqiboz deganidir!
* Eng ko'p muxlis kirgan uchrashuv Xotira-79 – Lokomotiv-BFK bahsi bo'ldi. 3751 tomoshabin!
* Aksincha eng kam muxlis tashrif buyurgan uchrashuv Istiqlol – Obod va NBU-Osiyo – Qo'qon-1912bo'ldi. Bir xilda 158 tadan ishqiboz!
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Xotira-79 – Lokomotiv-BFK – 2:2. 3751 tomoshabin.
Kosonsoy – Chust-Paxtakor – 5:2. 892 tomoshabin.
Istiqlol – Obod – 1:4. 158 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Bunyodkor-2 – 0:0. 225 tomoshabin.
Oq-tepa – Uz-Dong-Ju – 2:1. 811 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Qo'qon-1912 – 1:1. 158 tomoshabin.
10-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
TO'PURARLAR:
Isroil Tursunov (“Istiqlol”) – 8ta.
Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) – 8ta.
Islombek Isoqjonov (“Xotira-79”) – 7ta.
Abdulatif Abduqodirov (“NBU-Osiyo”) – 6ta.
Farhod Shokirov (“Chust-Paxtakor”) – 6ta.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
11-tur. 22 may (payshanba)
“Qo'qon-1912” – “Uz-Dong-Ju”
23 may (juma)
“Bunyodkor-2” – “Obod”
“Xotira-79” – “Kosonsoy”
“Istiqlol” – “Paxtakor-2”
“Oq-tepa” – “NBU-Osiyo”
“Chust-Paxtakor” – “Lokomotiv-BFK”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Oq-tepa | 10 | 7 | 1 | 2 | 17 - 10 | 7 | 22 |
2 | Xotira-79 | 10 | 6 | 2 | 2 | 15 - 9 | 6 | 20 |
3 | Qo'qon-1912 | 10 | 5 | 4 | 1 | 17 - 6 | 11 | 19 |
4 | NBU-Osiyo | 10 | 5 | 2 | 3 | 15 - 11 | 4 | 17 |
5 | Kosonsoy | 10 | 5 | 1 | 4 | 23 - 18 | 5 | 16 |
6 | Obod | 10 | 5 | 0 | 5 | 15 - 16 | -1 | 15 |
7 | Istiqlol | 10 | 4 | 1 | 5 | 18 - 24 | -6 | 13 |
8 | UzDongJu | 10 | 4 | 0 | 6 | 14 - 16 | -2 | 12 |
9 | Lokomotiv BFK | 10 | 2 | 4 | 4 | 8 - 12 | -4 | 10 |
10 | Bunyodkor-2 | 10 | 2 | 3 | 5 | 12 - 17 | -5 | 9 |
11 | Paxtakor-2 | 10 | 2 | 3 | 5 | 9 - 15 | -6 | 9 |
12 | Chust-Paxtakor | 10 | 2 | 1 | 7 | 11 - 21 | -10 | 7 |