

Uchrashuv davomida Gonkong terma jamoasi darvozaboni Ce Ka Ving ishonchli xatti-harakatlari bilan jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.
24 yoshli futbolchi o'smirligida Gonkongning "Oltin avlodi" vakili bo'lgan Yip Xongning davomchisi bo'lishi kutilgandi. Biroq 2021 yil so'ngida o'yin vaqtida mast holatda bo'lgani va janjal keltirib chiqargani uchun jarimaga tortilib, ma'lum muddat terma jamoadan chetlatilgandi.
Avvalroq Osiyo o'yinlarining guruh bosqichida O'zbekistonga qarshi maydonga tushgan Gonkong posboni ushbu jamoaga kichik hisobda yutqazish jamoasi uchun yaxshi natija ekanligini ta'kidlab o'tgandi.



