

O'tgan hafta FIFA Isroilni jazolamaslikka qaror qilgan, biroq diskriminaciyaga qarshi kurashdagi kamchiliklar uchun Isroil futbol associaciyasini 150 ming shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortgan edi. Rajub bu jarimani "ijobiy qadam" deb atadi, ammo bu etarli emasligini ta'kidladi.
"Biz o'z huquqlarimizni himoya qilamiz va Isroil futbol federatsiyasini barcha xalqaro tashkilotlardan chiqarib yuborish uchun harakatlarimizni davom ettiramiz", - dedi Rajub. Shuningdek, u Quddusning "Beytar" klubini "irqchilik va fashizmning eng chekka ko'rinishi" deb atab, Isroil sport mutasaddilarini G'azo sektoridagi urushni qo'llab-quvvatlashda aybladi.



