Bir necha yulduz futbolchi Dubayda paydo bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026
"Palm Siti" futbol klubi jahon darajasidagi futbolchilarni jalb etishni maqsad qilgan.

Insayder Rudi Galettining xabar berishicha, klub rahbariyati "Chelsi" sobiq vingeri va Angliya terma jamoasi futbolchisi Rahim Sterlingni tarkibni kuchaytirish uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritgan. Ayni paytda klub 31 yoshli futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatlarini faol o'rganmoqda.

Biroq Raxim Dubay klubining yagona maqsadi emas. "Palm Siti" Mario Gyoce atrofidagi vaziyatni ham diqqat bilan kuzatmoqda. 2014 yilgi Jahon chempionati finalida g'alaba golini urgan futbolchi hozirda "Ayntraxt" Frankfurt safida to'p tepmoqda. Dubayliklar uni BAA chempionatidagi katta ambiciyalarini amalga oshirish uchun hujum chizig'iga ideal qo'shimcha deb hisoblamoqda.

Rasmiy muzokaralar yaqin vaqt ichida, futbolchilar vakillari taklif etilgan shartlar bilan tanishgandan so'ng boshlanishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/RudyGaletti