

Uels termasi xavbeki Garet Beyl 82-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi.

"Beyl yana hammasini hal qildi. U jamoaning asosiy penaltichisimi? Million foiz! U hech qachon bizga pand bermagan.
Biz xarakter, qatiyat ko'rsatdik va mag'lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi o'yinda mag'lub bo'lmaslik muhim edi. Yigitlarga fidoyilik uchun rahmat aytish kerak", – dedi Rob Peyj.



