Beyl: "Messiga MLS yoqib qoladi. Bu yerda mag'lubiyatni qabul qila olishadi. "Real"da esa..."

Administrator
21 iyun 2023, 23:58
Futbolchi MLS va Ispaniyadagi futbolning farqini aytdi.

Sobiq futbolchi Garet Beyl Lionel Messining MLSda o'ynashdan mamnun bo'lishiga shubhalanmayapti.

"MLSda hammasi sokinroq. "Real"da mag'lub bo'lsang, go'yoki dunyoning oxiri edi. Seni tepkilab tashlashadi. O'zingni bosimda deb bilasan. Uyga yomon kayfiyatda qaytasan. 

AQSHda mag'lubiyatga qabul qila olishadi. Buning oqibati bo'lmaydi. Ligadan chiqib ketmaysan. Bitta o'yin boy berilsa, oldinga harakat qilasan.

Mag'lubiyatni bu yerda to'g'ri qabul qila olishadi. G'alabani esa etarlicha nishonlay olishadi. Messiga bu yerda o'ynash yoqib qoladi", -deydi Garet Beyl.


AdministratorMuallif
Manba: BT Sport