Bexrami "Jenoa"ni tark etdi

Alisher
22 yanv 2022
Shveytsariya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Valon Bexrami "Jenoa" bilan shartnomasini bekor qildi.

36 yoshli Bexrami Genuya klubi bilan o'zaro kelishuvga ko'ra bitimni bekor qildi, bu haqda "Jenoa" rasmiy sayti xabar berdi.

Valon Bexrami joriy mavsum "Jenoa" safida A Seriya doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.

Valon Shveytsariya terma jamoasi safida 83ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: genoacfc.it