

Yakshanba yoki dushanba kuni 20 yoshli futbolchining "Qirollik klubi"ga o'tgani haqida e'lon qilinishi mumkin.
Sebalosga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgan edi. Sebalos "Real"ni tanladi va hozir ispaniyalik vakillari "qaymoqranglilar" bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
"Qirollik klubi" yarim himoyachiga asosiy jamoadan joy kafolatlashmoqda va u bilan 5-6 yillik shartnoma tuzish niyatida.



