"Betis" ikki karra Chempionlar ligasi sohibini ortga qaytardi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2023
"Betis" klubi rasmiy saytida himoyachi Mark Bartra bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Tomonlar bir mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. Ispan klubi futbolchini erkin agent sifatida qo'shib oldi. Mark "Trabzonspor"ni tark etdi.

Bartra "Barselona" bilan birgalikda besh karra Ispaniya chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan. "Betis" tarkibida esa 2018 yildan 2022 yilgacha o'ynagan.

32 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urli va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: realbetisbalompie.es