"Betis": "Fekirning narxi 100 million evro"

Mirjalol Normatov
17 fev 2022
"Betis" prezidenti Anxel Aro yarim himoyachi Nabil Fekirning transfer summasi haqida gapirdi.

"Fekir ayni damda LaLigada eng yaxshi futbolchilardan biri. U shunchaki daxshatli o'yin namoyish qilmoqda. Umid qilamanki, Fekir "Betis"da ancha vaqt qoladi. Nabilning transfer summasi 100 million evroga teng. Ha, unga ko'plab top-klublardan qiziqishlar bor. Demak, u ajoyib holatda", - dedi klub prezidenti.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Fekir bilan "Barselona" shartnoma imzolash payida yuribdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal