“Beshiktosh” “Yuventus” himoyachisi Lixshtaynerni “nishon”ga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
4 sen 2017
“Yuventus” himoyachisi Stefan Lixshtayner “Beshiktosh”ning e'tiboriga tushib qoldi.


Turinliklar shvecariyalikni Chempionlar Ligasi ro'yxatiga qo'shmaganliklaridan keyingina, turk klubi rahbariyatining nazari 33 yoshli futbolchiga tushdi. Tuttomercotoweb xabar berishicha, "Beshiktosh" klubining vakillari Lixshtaynerning agenti bilan futbolchining ketishi mumkinligi to'g'risidagi xabarni muhokama qilish uchun aloqaga chiqishni rejalashtirishgan.

“Beshiktosh” Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o'ynaydi va bu hal qiluvchi omil bo'lishi ham mumkin. “Yuventus” va tajribali himoyachi o'rtasidagi shartnoma 2018 yilning yozigacha amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, Turkiyada transfer oynasi 8 sentyabr kuni yopiladi.


Tuttomercatoweb.com saytidan Nozima Zaripova tarjimasi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Tuttomercatoweb.com