"Beshiktosh" Godin bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
27 iyul 2021, 09:00
"Kalyari" himoyachisi Diego Godin faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

35 yoshli urugvaylik futbolchiga "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda. "Kalyari" esa u bilan yuqori maosh sabab xayrlashishga tayyor.

Godin o'tgan mavsum "Kalyari" safida 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Futbolchining italyan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira