"Bernli"ning eng qimmat futbolchisi jamoani tark etdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 13:25
Belgiyaning 2007 yildagi eng yaxshi futbolchisi Stiven Defur "Bernli" bilan shartnomasini bekor qildi.

31 yoshli Defur 2016 yilda 8,5 million evro evaziga "Bernli"ga ko'chib o'tgandi. O'shanda u klubning eng qimmat futbolchisiga aylangandi. O'sha vaqtdan buyon u "Bernli" tarkibida 58 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

Defur bunga qadar "Genk", "Standard" va "Portu" kabi klublarda ham harakat qilgan. Uning yangi jamoasi esa Belgiyaning "Antverpen" klubi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal