

"U jamoaning bir bo'lagi sifatida ketmoqda. Bu qayg'uli. Biz uchun bu og'ir, Kevinning biz bilan qolishini va jamoada o'ynashda davom etishini juda xohlagan edik.
Boshqa futbolchilarga hurmat saqlagan holda aytaman, men uchun u klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Biz faqat unga minnatdorchilik bildirishimiz va eng yaxshi tilaklarni bildirishimiz kerak.
Uning ketayotgani biz uchun qayg'uli. Biz uning kyetishini istamagandik, lekin nachora, hayot davom etadi", – dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Qayd etish kerak, belgiyalik futbolchi "Siti"dagi 10 yillik faoliyatidan so'ng jamoadan ketmoqda.



