

Myunxenliklar 28 yoshli portugaliyalikni sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
"Men Kanselu uchun xursandman, chunki u baxtli bo'lish uchun bu yo'lni tanladi. Bu jamoa uchun ham, men uchun ham achinarli, chunki men endi unga har kuni tayanolmayman. Men uni shaxs sifatida juda yaxshi ko'rishimni biladi. Ammo u o'zi uchun eng yaxshi qarorni qabul qildi va men bundan juda xursandman", – dedi Silva.
Kanseluning o'zi "Siti"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun "Bavariya"ga o'tganini aytgan edi.



