Berluskoni shoshilinch ravishda Monakodagi shifoxonaga yotqizildi

Eldor Akmurzayev
14 yanv 2021
“Milan” sobiq rahbari va hozirda “Monca” prezidenti Silvio Berluskoni yuragidagi muammolar tufayli Monakodagi shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokor so'zlariga ko'ra, u Berluskonini eng yaqin shifoxonaga olib borishga qaror qilgan, chunki Italiyaga yo'l olish maqsadga muvofiq emasdi.

Sentyabrda 83 yoshli funkcioner koronavirus bilan kasallangan va u xastalikni alomatlarsiz o'tkazgandi. Berluskoni o'zini izolyaciyaga olgan va keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Reuters