"Benfika" va "Atletiko" sobiq forvardi Salvio Meksikaning "Pumas" klubiga o'tdi

Alisher
4 iyul 2022
Forvard Eduardo Salvio Meksikaning "Pumas" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 31 yoshli argentinalik bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchi jamoaga erkin agent maqomida o'tadi.

Salvio "Boka Xuniors"da 2019 yilning yozidan beri o'ynayotgandi va klubni 28 iyunda tark etdi. Argentinalik 2022 yilda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Salvio oldinroq "Benfika" va "Atletiko"da o'ynagan. U Lissabon jamoasi tarkibida uch karra Portugaliya chempioni bo'lgan, madridliklar safida esa ikki karra Yevropa Ligasi g'olibi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: pumasfutbolclub.com