Berbatov: "Umid qilamanki, MYU chempionlikni 29 yil kutmaydi"

Mirjalol Normatov
10 apr 2021, 00:54
"Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi Dimitar Berbatov mankunianliklarni "Liverpul" bilan solishtirdi.

"Ha, tan olish juda og'ir - rostdan ham MYU "Manchester Siti"dan har tomonlama ortda. "Siti" doimo xotirjam va o'ziga ishonch bilan harakat qiladi. Ular qanday futbol o'ynash kerakligini yaxshi biladi.

Umid qilamanki, klub "Liverpul" kabi chempionlikni 29 yil kutmaydi. Hatto 6 yil MYU uchun ko'plik qilmoqda. Ha, "Yunayted"da o'sish bor. Ammo bu chempionlik uchun etarli emas", - dedi Berbatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal