Benzema va Nunu Eshpiritu Santu janjalining tafsiloti oshkor bo'ldi

Оқил Абдубарноев
9 noya 2023
Eslatib o'tamiz, kuni kecha "Al Ittihod" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi.

"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema OCHLning 4-turida "Eyr Fors"ga mag'lub bo'lganidan so'ng kiyinish xonasida jamoaning sobiq bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu bilan janjallashdi.

"Al Riyod" nashrining xabariga ko'ra, Santu o'yindan keyin Benzemani qattiq tanqid qilgan va unga shunday so'zlarni aytgan:

"Sen ajoyib o'yinchisan, biroq raqibga bosim o'tkazishda dangasalik qilyapsan".

Benzemaning bu so'zlardan jahli chiqib, shunday javob bergan: 

"Siz yolg'iz men bilan emas, butun jamoa bilan gaplashing".

Bunday portugaliyalik mutaxassis g'azablangan:

"Sen barcha futbolchilar va jamoa uchun namunasan. Sen jamoa sardorisan, shunday ekan, barchaga o'rnak bo'lishing lozim".

Shu tariqa davom etgan bahslashuvni tinchlantirish uchun texnik shtab a'zolari va futbolchilar aralashgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik yulduz bosh murabbiylik lavozimiga hamyurti Loran Blanning kelishini istamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Риёд