Bentankur yarim yildan ko'proq muddatga safdan chiqdi

Оқил Абдубарноев
12 fev 2023
"Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur shanba kuni "Lester"ga qarshi o'yinda (1:4) jarohat oldi.

Urugvaylik futbolchi ikkinchi bo'lim o'rtalaridayoq maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, Bentankur tizza qismidan jarohat olgan. 25 yoshli futbolchi uzoq vaqt o'ynamaydi - u olti oydan sakkiz oygacha maydonga tushmaydi.

Shu tariqa, Rodrigoni keyingi mavsumdagina maydonda ko'rish mumkin bo'ladi.

2022/2023 yilgi mavsum Bentankur 18 ta o'yinda 5 ta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Pais