Benites: "Ronaldu bilan munosabatlarimiz joyida"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2015, 10:00
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari yomonligi haqidagi mish-mishni rad etdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Qirollik klubi"ning so'nggi mashg'ulotida Benites Ronalduning golini hisobga olmagan, Krishtianu esa bundan jahli chiqib murabbiyga haqoratli so'zlar aytgan.

"U bilan o'tgan mashg'ulotlarda, Ronaldu juda kuchli va g'alabaga tashna ekanligini bilib olamiz. Uning sifatlari tufayli Ronaldu jahondagi eng kuchli futbolchisi bo'lib turibdi. Barchada g'alabaga tashnalik mana shunday bo'lishini istayman. U bilan munosabatlarimiz qolgan futbolchilarnikidek. Boshqalar buni rad etishi mumkin, ammo u bilan munosabatlarimiz joyida" - deydi 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com