"Benfika" Ukraina terma jamoasi forvardi uchun bo'lgan kurashda g'olib bo'ldi

Alisher
31 iyul 2021
"Gent" hujumchisi Roman Yaremchuk faoliyatini Lissabonning "Benfika" klubida davom ettiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Roman Portugaliyada va tez orada "bo'rilar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Yaremchuk Belgiya klubida 2017 yildan beri o'ynayotgandi.

Forvard o'tgan mavsum Belgiya chempionati doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira